Foto: Sean Gallup / Getty Images
Alphabet (Google egasi), Facebook va Twitter texnologik kompaniyalarining aksiyalari narxi 5 foizdan ortiqroqqa arzonlashdi. Bunga AQSH senatining savdo bo‘yicha qo‘mitasidagi tinglovlar sabab bo‘ldi.
Umumiy hisobda uch kompaniyaning bozor narxi 107 mlrd dollarga pasaydi:
- Facebook aksiyalari narxi 5,51 foizga arzonlashib, kompaniya kapitalizatsiyasi 44,5 mlrd dollarga tushdi;
- Twitter aksiyalari narxi 5,34 foizga pasayib, kompaniyaning bozor narxi 2,17 mlrd dollarga teng bo‘ldi;
- Alphabeth aksiyalari 5,51 foizga arzonlashdi, kompaniya narxi esa 60 mlrd dollarga kamaydi.
Qonun chiqaruvchilar Alphabet, Facebook va Twitter rahbarlarini internet to‘g‘risidagi qonun islohotlarini muhokama qilish uchun chaqirishdi, deb xabar bermoqda CNBC telekanali.
Facebook va Twitter AQSH prezidentligiga nomzod Jo Baydenning oilasi to‘g‘risida New York Post gazetasida chop etilgan maqolaga to‘siq qo‘yganidan so‘ng mazkur qonun muhokama qilina boshlandi. Kompaniyalar ushbu harakati uchun noxolislik va senzurada ayblanmoqda, deb yozadi Bloomberg. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
OAV: Markaziy Osiyo davlatlari dronlar bilan qurollanmoqda
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Britaniyalik milliarder uylandi. 25 mln dollar sarflangan to‘y 4 kun davom etdi
Si Szinpin Falastindagi mojaroni hal qilish shartlarini aytdi
Xarkivga yana bomba zarbalari uyushtirildi
Tadqiqot: dunyoda antisemitizm to‘lqini kuzatilmoqda