3 039
«Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi
Foto: fbcdn.net
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan yordam so‘ragani haqida gapirar ekan buni mag‘lubiyatning tan olingani deb atadi. Pashinyan kecha, 31 oktabr kuni Putinga Armanistonni qo‘riqlashni iltimos qilib xat yozgan edi.
«Bu xat aslida mag‘lubiyatning tan olinishi. Ular Rossiyadan harbiy yordam so‘rashdi, lekin aslida bunga hech qanday asos yo‘q. Armanistonning qurolli kuchlari tezda Qorabog‘dan tinch yo‘l bilan olib chiqilishi kerak. Bu ish muhokamalarda hal qilinmasa, Boku oxirigacha boradi», degan Aliyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu bilan uchrashuv vaqtida.
Pashinyanning xatidan so‘ng Rossiya tomoni bu holatga javob bergan va qachonki Armaniston hududida harbiy harakat olib borilsa, vaziyatga aralashishi mumkinligini aytgandi. Biroq Ilhom Aliyev Ozarboyjonning Armaniston hududida harbiy harakat olib borish niyati yo‘qligini aytgan.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Qorabog‘dagi janglar 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarboyjon harbiy harakatlarni Armaniston Qorabog‘dan chiqib ketgan taqdirdagina to‘xtatishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?