3 049
«Bu mag‘lubiyatning tan olingani» – Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Putindan yordam so‘ragani haqida gapirdi
Foto: fbcdn.net
Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan Rossiya prezidenti Vladimir Putindan yordam so‘ragani haqida gapirar ekan buni mag‘lubiyatning tan olingani deb atadi. Pashinyan kecha, 31 oktabr kuni Putinga Armanistonni qo‘riqlashni iltimos qilib xat yozgan edi.
«Bu xat aslida mag‘lubiyatning tan olinishi. Ular Rossiyadan harbiy yordam so‘rashdi, lekin aslida bunga hech qanday asos yo‘q. Armanistonning qurolli kuchlari tezda Qorabog‘dan tinch yo‘l bilan olib chiqilishi kerak. Bu ish muhokamalarda hal qilinmasa, Boku oxirigacha boradi», degan Aliyev Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlut Chovusho‘g‘lu bilan uchrashuv vaqtida.
Pashinyanning xatidan so‘ng Rossiya tomoni bu holatga javob bergan va qachonki Armaniston hududida harbiy harakat olib borilsa, vaziyatga aralashishi mumkinligini aytgandi. Biroq Ilhom Aliyev Ozarboyjonning Armaniston hududida harbiy harakat olib borish niyati yo‘qligini aytgan.
Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida Qorabog‘dagi janglar 27 sentabrdan buyon davom etmoqda. Ozarboyjon harbiy harakatlarni Armaniston Qorabog‘dan chiqib ketgan taqdirdagina to‘xtatishini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Navoiyda YPX xodimlari ko‘z oldidagi qoidabuzarlikka ko‘z yumdi
Saudiyadagi forumda G‘azo urushi muhokama qilindi: «Isroilni to‘xtata oladigan yagona davlat – AQSH»
OAV erkinligi reytingi: Dunyodagi vaziyat - oxirgi 10 yildagi eng yomoni
Zaporoje viloyatining Rabotino shahri shimolida Rossiya bayrog‘i ko‘tarildi
AQSH Rossiyani Ukrainaga qarshi kimyoviy qurol qo‘llaganlikda aybladi
“Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurash illyuziyasi” — Soliq qo‘mitasining rejalari nega tanqidga uchradi?
Keksayganda ham yosh ko‘rinish uchun qanday hayot tarzini kechirish kerak?