15:45 / 03.11.2020
2 024

Muzqaymoq sotishga mo‘ljallangan tezkor furgon Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi

Muzqaymoq sotishga mo‘ljallangan tezkor furgon Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi
Foto: BBC
Top Gear ko‘rsatuvida paydo bo‘lgan «Mister Nippi» laqabli muzqaymoq furgoni Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi: mashinani poyga yo‘lagida soatiga 128,82 kilometr tezlikda haydashga erishilgan. Bu kabi natija bilan «Mister Nippi» o‘z klassidagi eng tezkor mashinaga aylandi, deb xabar beradi Motor.

Bundan oldingi rekord soatiga 118,9 kilometr tezlikni tashkil etgan. U britaniyalik muhandis Edd Chayn va uning qo‘lbola muzqaymoq furgoniga tegishli. Yangi rekordni esa Peddi Makginness o‘zining 1979 yilda ishlab chiqarilgan va Land Rover 110 shassisi hamda Tesla dvigateli o‘rnatilgan Bedford CF mashinasida o‘rnatdi.

Foto: BBC

Foto: BBC

Foto: BBC
Tezlikka oid rekordlar odatda buning uchun mo‘ljallanmagan noodatiy transport vositalarida o‘rnatiladi. Masalan, 2019 yilda Honda Mean Mower V2 gazon qirqqichi soatiga 100 kilometr tezlikka 6,29 soniyada erishib, Ginnesning rekordlar kitobidan joy olgandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Muzqaymoq sotishga mo‘ljallangan tezkor furgon Ginnesning rekordlar kitobidan joy oldi