
O‘zbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risida”gi Qonunning 30-moddasida “qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi” ijro hujjatlari darxol ijro etilishi belgilangan.
Shunga ko‘ra, fuqarolik ishlari bo‘yicha Jizzax tumanlararo sudining 20.10.2020 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor "HUAXIN CEMENT JIZZAKH" xorijiy korxonasidan undiruvchi A.Xursanov foydasiga 4 mln. 402 ming 526 so‘m ish haqi undirish hamda 2020 yil 21 avgustda tuzilgan mehnat shartnomasini bekor qilish haqidagi PP-76-sonli buyrug‘ini bekor qilish belgilangan.
Mazkur ijro hujjati Byuroning Zafarobod tuman bo‘limi ish yurituviga 22.10.2020 yilda kelib tushgan va davlat ijrochisi tomonidan ijro ishi yuritish to‘g‘risida qaror qabul qilingan hamda ijro harakatlariga darxol kirishilgan.
Shundan so‘ng, olib borilgan ijro harakatlariga natijasida undiruvchi A.Xursanovning buzilgan huquqlari tiklanib, 22.10.2020 yilda xorijiy korxonaning texnologiya bo‘limi nazoratchisi vazifasiga ishga tiklanishi ta’minlandi hamda ish haqi to‘liq undirilib berildi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar