
Foto: Getty Images
Portugaliya – 2020 yilda Yevropada sayohat qilish uchun eng yaxshi mamlakat deb topildi. Mamlakat xalqaro hakamlardan tashkil topgan jamoa tomonidan World Travel Awards mukofotiga to‘rtinchi bor loyiq ko‘rilmoqda.
Bundan tashqari, Portugaliyadagi ko‘plab sayyohlik ob’ektlari ham ushbu mukofotga loyiq ko‘rildi. Xususan, mamlakat janubi Algarve sohillari ham Yevropada eng yaxshi plyaj dam olish hududi deb tan olindi.
Mukofotga nomzodlar orasida Portugaliyadan tashqari Avstriya, Angliya, Fransiya, Germaniya, Gretsiya, Irlandiya, Italiya, Norvegiya, Ispaniya, Shvetsiya, Shveysariya va Turkiya ham bor edi.
World Travel Awards mukofoti har yili Butunjahon turizm va sayyohlik kengashi tomonidan beriladi. Mukofotga dunyo miqyosida hamda 8 ta xalqaro regional miqyosda nomzodlar tanlab olinadi. Bundan tashqari, eng yaxshi tarixiy obidalar, mehmonxona va otellar, aviakompaniya va transport tizimi kategoriyalari bo‘yicha ham nomzodlar taqdirlanadi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar