16:43 / 10.11.2020
720

“Lokdaun” 2020 yildagi eng mashhur so‘z deb topildi

“Lokdaun” 2020 yildagi eng mashhur so‘z deb topildi
Foto: Andy Rain/EPA
The Guardian nashrining yozishicha, lug‘atda “lokdaun” so‘zining ma’nosi “jamoat joylariga borish, sayohat va ijtimoiy harakatlarga qat’iy cheklov qo‘yish” deb izohlangan. Bu so‘zdan foydalanish bir yil ichida rekord darajada o‘sdi.

Collins Korpusida veb sayt, gazeta, kitoblar, bundan tashqari, radio, televideniye va suhbatlarda ishlatilgan 4,5 milliard so‘z bor. Ular orasida “lokdaun” 2020 yilda 250 ming martadan ko‘proq ishlatilgani uchun tanlab olingan. Bu so‘z 2019 yilda atigi 4 ming marta ishlatilgan.

Til atrofimizdagi olamning aksidir, 2020 yilda butun dunyo bo‘ylab pandemiya hukmron bo‘ldi. Biz “lokdaun”ni u milliardlab odamlar hayotida muhim bo‘lgani uchun tanladik. Odamlar virusdan saqlanish uchun o‘zlarining doimiy hayotidan cheklanishdi. Lokdaun ishimizga, o‘qishimizga, xaridlarimizga va ijtimoiy hayotimizga ta’sir o‘tkazdi. Ko‘p davlatlar allaqachon ikkinchi lokdaunga kirdi”, - deydi Collins’ning til kontenti bo‘yicha konsultanti Helen Nyusted.

Pandemiyaga oid boshqa so‘zlar: koronavirus, ijtimoiy masofa saqlash, o‘z o‘zini yakkalash, vaqtinchalik ish joyini tark etish (furlough) so‘zlari ham lug‘atdagi yuqori 10talikka kirdi.

Shuningdek, lug‘at Tiktoker (TikTokda doimiy videolar ulashadigan kishi) so‘zini ham top 10talik ro‘yxatga kiritgan.

2019 yilda “iqlim uchun kurash” (climate strike), 2018 yilda “bir marta foydalaniladigan” (single-use), 2017 yilda “feyk xabar” (fake news), 2016 yilda “Breksit” (Brexit) yil so‘zi bo‘lgandi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Fikrlar (0)