07:35 / 12.11.2020
2 418

Arman muxolifati tinchlik bitimi shartlarini o‘zgartirish niyatida

Arman muxolifati tinchlik bitimi shartlarini o‘zgartirish niyatida
Foto: EADaily
Armaniston Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim shartlarini mamlakatda hukumat almashganidan so‘ng o‘zgartirishi mumkin. Bu haqda «Vatan» muxolifat partiyasi yetakchisi Artur Vanesyan ma’lum qildi, deb xabar beradi «Kommersant’». Qorabog‘da urushni to‘xtatish bo‘yicha bitim 9 noyabr kuni Rossiya, Ozarbayjon va Armaniston yetakchilari tomonidan imzolangan.

«Biz ushbu sharmandali kelishuvni yaxshilash uchun barcha imkoniyatlarni amalga oshirishimiz, hech bo‘lmasa, urinib ko‘rinishimiz kerak. Shu sababli men bosh vazir Nikol Pashinyanning hukmron partiyasi deputatlarini hokimiyatga yopishmaslikka, ketib, hokimiyatni bu kabi murakkab vaziyatda ijobiy natija ko‘rsata oladigan odamlarga topshirishini so‘rayman», — deydi Vanesyan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bosh vazir o‘rniga nomzod masalasi hali ko‘rib chiqilmagan.

«Kun tartibi quyidagicha: Nikol Pashinyanning iste’fosi, milliy birlik hukumatini shakllantirish, shundan so‘ng barcha siyosiy kuchlar teng sharoitlarda saylovlarda ishtirok etishga tayyor bo‘lsa, qonunchilikka mos o‘zgartirishlar bilan navbatdan tashqari parlament saylovlarini o‘tkazish», — deydi u.

Eslatib o‘tamiz, Qorabog‘ masalasida Pashinyanning qaroridan norozi bo‘lganlar Armaniston hukumati binosini egallab oldi. Bir necha o‘n kishi bosh vazirning xonasi va qarorgohini talab ketdi. Pashinyanning o‘zi ushbu bitimni imzolashdan boshqa chorasi qolmaganini aytgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Arman muxolifati tinchlik bitimi shartlarini o‘zgartirish niyatida