Podshoh Abdulloh nomidagi fan va texnologiyalar universiteti mutaxassislari koronavirusning eng aniq 3D-modelini ishlab chiqishdi.
Ta’kidlanishicha, ushbu model koronavirusning atom darajasidagi tuzilishini namoyish qiladi va avval unda ilg‘ab bo‘lmagan detallarni o‘z ichiga olgan. Modelni yaratish uchun virusning mikroskop yordamida olingan suratlari va oqsillar ma’lumotlar bazasidan foydalanilgan.
“Biz yaratgan model shunchaki lipid membranada ixtiyoriy ravishda joylashtirilgan oqsil tojlarni emas, balki virusning to‘liq tuzilishini namoyish qiladi”, deb aytgan tadqiqot mualliflaridan biri Ngan Nguyen.
Mutaxassislar virus sirtidagi oqsil tojlari va retseptorlarni, uning ichidagi genetik materialni aks ettirishga muvaffaq bo‘lishgan.
Olimlar yaratilgan model koronavirus infeksiyasini batafsilroq o‘rganishga va unga qarshi dori vositalari ishlab chiqilishini tezlashtirishga imkon berishiga umid bildirishgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Toshkentda Tesla hamda Lacetti ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Ukrainada urushning 801-kuni: Odessadagi yong‘inlar va Chasiv Yar atrofida jang qilayotgan «Vampir»
Baydenning maslahatchisi: AQSHning Ukrainaga yordami Rossiyani to‘xtata olmaydi
Onkolog tatuirovka ishqibozlarini jiddiy ogohlantirdi
O‘zbekistonning qaysi hududida parranda ko‘p boqiladi?