Foto: EPA
Tog‘li Qorabog‘ uchun Armaniston va Ozarboyjon o‘rtasida kechgan janglarda tinch aholi orasidan 4 mingdan ko‘proq odam halok bo‘ldi, qochqinlar soni o‘n minglabni tashkil qilmoqda. Bu haqda Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tog‘li Qorabog‘dagi gumanitar masalalarni hal qilish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda ma’lum qildi.
“Janglar oqibatida tinch aholi orasida qurbonlar soni 4 mingdan oshdi, 8 mingdan ko‘proq kishi yaralandi, qochqinlar soni turli ma’lumotlarga ko‘ra o‘n minglabni tashkil qilmoqda, fuqarolik infratuzilmasi, ko‘plab madaniy ob’ektlar vayron bo‘lgan”, deb ta’kidlab o‘tgan Putin.
Rossiya yetakchisining ta’kidlashicha, ixtilofda jabr ko‘rganlarga insonparvarlik yordami ko‘rsatish va osuda hayotga qaytishda yordam berish lozim.
Putin shu maqsadda Rossiya tashqi ishlar vazirligiga Tog‘li Qorabog‘ning gumanitar muammolarini hal qilishda YEXHTning Minsk guruhi, Xalqaro Qizil xoch jamiyati, BMTning qochqinlar masalalari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi hamda YUNЕSKO bilan aloqani yo‘lga qo‘yish vazifasini topshirgan.
Putin ixtilofni Ozarboyjon, Armaniston va Rossiya yetakchilarining uch tomonlama bayonoti evaziga to‘xtatishga muvaffaq bo‘linganini qayd qilib o‘tgan. U, shuningdek, “Tog‘li Qorabog‘ ixtilofi” iborasini boshqa qo‘llashga hojat qolmasligiga umid bildirgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
Abduqodir Husanov Osiyo Kubogi finalida O‘zbekiston termasiga yordam bera olmaydi
AQSH marixuanani kuchli giyohvand moddalar ro‘yxatidan chiqaradi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti