Foto: RIA Novosti
Armaniston milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbari Artur Vanetsyan mamlakat bosh vaziri Nikol Pashinyanni o‘ldirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda gumonlanmoqda. Bu haqda uning advokati Lusine Saakyan ma’lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Vanetsyan 14 noyabr kuni MXX tergov departamentiga chaqirilgan va hibsga olingan. Xavfsizlik xizmati sobiq rahbari shuningdek, hokimiyatni egallab olish, noqonuniy ravishda qurolga ega bo‘lish va saqlashda gumon qilinmoqda.
«Bularning barini huquqiy jihatdan izohlashning imkoni yo‘q. Bu hokimiyatni saqlab qolishga qaratilgan sharmandali siyosiy ta’qib, davlatga qarshi dasturlarni oxiriga yetkazishdir», — deb ta’kidladi Saakyan.
Yerevanda bir necha kundan buyon Tog‘li Qorabog‘ bo‘yicha tinchlik kelishuvi imzolagani uchun Pashinyanning iste’fosi talab qilingan norozilik aksiyalari bo‘lib o‘tmoqda. Ma’lum qilinishicha, ushbu aksiyalarda Vanetsyan ham ishtirok etgan.
Rossiya, Armaniston va Ozarboyjon rahbarlari 9 noyabr kuni Tog‘li Qorabog‘da harbiy harakatlarni to‘xtatish bo‘yicha kelishuv imzolagandi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi