Foto: Eibner Europa / imago images / TASS
Avstriya kansleri Sebastyan Kurs mamlakatda keskin cheklov choralari joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.
17 noyabrdan boshlab Avstriyada qisman komendantlik soati kiriladi. Aholi uyidan faqat ishga, do‘konga, sport bilan shug‘ullanish yoki muhtojlarga yordam berish uchun chiqishi mumkin. Ushbu rejim 6 dekabrgacha amal qiladi. Faqat birinchi zarurat mollari bilan savdo qiladigan do‘konlargina ishlaydi.
Ko‘ngilochar maskanlar va restoranlar ikki haftadan buyon yopiq, endi ular qatoriga kutubxonalar, sartaroshxona va sport zallari ham qo‘shiladi. Maktablar onlayn-rejimga o‘tadi.
Kursning so‘zlariga ko‘ra, Avstriyada oxirgi haftada 100 ming kishiga 550ta yangi holat to‘g‘ri kelgan – bu hukumat hisoblagan me’yordan 11 baravar ko‘p.
Avstriya sog‘liqni saqlash vazirligi faqat qat’iy lokdaun shifoxonalar tizimini inqirozdan saqlab qolishi mumkinligini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi