16:15 / 16.11.2020
3 163

Qirg‘iziston O‘zbekiston sabab qoramol eksportini cheklashi mumkin

Qirg‘iziston O‘zbekiston sabab qoramol eksportini cheklashi mumkin
Foto: O‘zA
2020 yilning yanvar—oktabr oralig‘ida Qirg‘izistonda qo‘y go‘shti o‘rtacha 27,7 foizga, mol go‘shti – 23,8 foizga qimmatlashdi. Qirg‘iziston Antimonopoliya agentligining hisoblashicha, go‘sht narxi O‘zbekiston sabab oshmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yil boshida Qozog‘iston chorvaning qayta ishlash va qayta sotish uchun ommaviy eksport qilinishi go‘sht mahsulotlariga narx oshishiga olib kelgani sabab, uning eksportiga taqiq o‘rnatgandi.

«Qozog‘iston tomonidan o‘rnatilgan taqiq sabab O‘zbekiston va Tojikiston tomonlari qoramollarni ommaviy ravishda Qirg‘izistondan sotib olishni boshlagan. Bundan tashqari, ko‘plab olibsotarlar vaziyatdan foydalangan, shuningdek, narxlarni oshirib yuborgan», — deyiladi agentlik xabarida.

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston 2019 yilning yanvar—sentabr oylarida Qirg‘izistondan 608 bosh qoramolni 453,5 ming dollarga eksport qilgan bo‘lsa, joriy yilda ushbu ko‘rsatkich 9,6 baravarga oshgan — 5870 bosh 4 million dollarga. Shuningdek, echki va qo‘y yetkazib berish ham 5,4 baravarga oshgan — 4594 tadan 24 834 tagacha.

«Qirg‘izistonda kichik tovar hisoblanuvchi qishloq xo‘jaligida go‘sht sohasi yangi yondashuvlarga ham muhtoj. Bu yerda Qishloq xo‘jaligi vazirligi Qozog‘iston sxemasidan foydalanish masalalarini ko‘rib chiqishi kerak», — deyiladi xabarda.

Yondashuv ko‘plab kichik fermer xo‘jaliklarini go‘sht ishlab chiqarishning yagona texnologik konveyerida ishtirok etishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr o‘rtalarida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev go‘sht, tuxum, o‘simlik yog‘i va shakar narxining keskin oshishi aholi orasida norozilik keltirib chiqarganini ta’kidlagandi. Shundan so‘ng qimmat go‘sht (lahm) bozorlar va yirik supermarketlar peshtaxtasidan yo‘qolib qolgan, ammo jamoatchilikning go‘sht narxiga bo‘lgan noroziligi o‘zgarmadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘iziston O‘zbekiston sabab qoramol eksportini cheklashi mumkin