Indoneziyada Lomblen orolida joylashgan Levotolo vulqoni uyg‘ondi. Vulqon 2012 yildan beri nofaol holatda edi.
Vulqonning kuli kraterdan taxminan 5 ming metr balandlikka ko‘tarilgan.
Vulqonshunoslik va geologik risklarni kamaytirish markazining xabariga ko‘ra, vulqondan 2 kilometr radiusda har qanday faoliyat taqiqlab qo‘yilgan.
Foto: MAGMA
Vulqonning ayni vaqtdagi faolligi hali ham yuqori, u kul chiqarishda davom etishi mumkin. Markaz olimlari vulqondan 4 kilometr radiusda yashovchi aholiga hududni tark etish, shuningdek, tibbiy niqoblar, teri va ko‘zni himoyalovchi vositalarni g‘amlab olishni tavsiya qilgan.
Vulqon faollashishi oqibatida halok bo‘lganlar yoki jarohat olganlar haqida axborot kelib tushmagan. Biroq mamlakat hukumati ushbu hududda samolyotlar parvozini taqiqlagan va mahalliy aeroportni yopib qo‘ygan.
Shu bilan birga, hukumat aholini lava oqimlarining paydo bo‘lishi haqida ogohlantirgan va holat bo‘yicha xavfga tezkor munosabat bildirishning deyarli yakuniy darajasi e’lon qilinganini bildirgan.
Indoneziya Tinch okeani vulqon olovli halqasi — eng xavfli seysmik hududda joylashgan, mamlakat orollarida taxminan 130 ta faol holatdagi vulqon mavjud.
2019 yil 25 mayda Bali orolidagi Agung vulqoni otilgan, oqibatda unga yaqin 9 ta qishloq kul ostida qolgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Yana ikki xorijiy kompaniya O‘zbekistonda pullik avtomobil yo‘li qurishga qiziqyapti
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Saylovoldi kurashida Tramp Baydenni ortda qoldirmoqda
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi