Foto: Reuters
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 30 noyabr kuni koronavirus tarqalishiga qarshi cheklov choralari kuchaytirilishini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda «Interfaks».
1 dekabr kunidan kuchga kiradigan yangi choralar qatoriga ish kunlari mahalliy vaqt bilan soat 21:00 dan ertalab soat 05:00 gacha mamlakat bo‘ylab amalda bo‘ladigan komendantlik soati kiradi.
Shuningdek, dam olish kunlari — juma kuni soat 21:00 dan dushanba kuni ertalab soat 05:00 gacha odamlarning ko‘chaga chiqishi taqiqlanadi.
Yangi chora-tadbirlarga ko‘ra, 20 yoshgacha bo‘lgan va 65 yoshdan katta kishilarga jamoat transportidan foydalanish taqiqlandi. Restoranlarga faqat yetkazib berish uchun ishlashga ruxsat beriladi. Savdo markazlariga tashrif buyurish uchun maxsus ruxsatnoma olish kerak bo‘ladi.
Bungacha Turkiyada faqat dam olish kunlarii komendantlik soati mavjud edi. Ammo mamlakatda koronavirus bilan kasallanish darajasi, ko‘rilgan choralarga qaramay, o‘sishda davom etdi.
Turkiyada COVID-19 epidemiyasi boshlanganidan buyon 600 mingdan ortiq kishida koronavirus qayd etilgan. 13,5 mingdan ortiq odam vafot etdi.
Eslatib o‘tamiz, Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on 17 noyabr kuni COVID-19 pandemiyasi sababli yangi cheklov choralari joriy etilishini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Toshkent markazidagi ko‘chalardan birida asfalt o‘pirilib tushdi
Toshkentda pullarni ko‘paytirib berishini aytib, fuqaroni chuv tushirgan treyder ushlandi
AQSHda Zelenskiy ukrainaliklardan nimani yashirayotgani oshkor etildi
Hamid Sodiq: “Agar qonunlar ishlamasa, qonunlarning vazifasini korrupsiya bajarishni boshlaydi”
May oyida kutilayotgan ob-havo ma’lumoti taqdim etildi
Makron Yevropaga tahdid solayotgan uchta xavf haqida gapirdi
Xokkey bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi "U-18 Osiyo-Okeaniya chempionati" g‘olibi bo‘ldi