Foto: «RIA»
Britaniyalik ayol orzusidagi to‘yni o‘tkazish uchun do‘stlaridan xayriya orqali kerakli pul to‘plash niyatida o‘zini saraton kasalligining oxirgi bosqichidan qiynalayotgandek ko‘rsatdi, deb yozadi «Daily Mail» gazetasi.
29 yoshli Toni Stenden sochini kalga oldirib, intervyu bergan: u o‘zini o‘ta xavfli kasallikning oxirgi bosqichidan azob tortayotgandek ko‘rsatgan.
«Saraton boshimga, suyaklarimga yetib bordi, u hamma joyimni chulg‘ab olgan», — deydi ayol yig‘lamsirab.
Bundan ta’sirlangan do‘stlari Stenden va qallig‘i Jeymsga orzularidagi to‘yni sovg‘a qilishga ahd qilishdi va 8,5 ming funt sterling (taxminan 118 million so‘m) to‘plab berishdi. Kelin-kuyov turmush qurishgach, asal oyini o‘tkazish uchun Turkiyaga jo‘nab ketishdi.
Biroq ko‘p o‘tmay Stendenning yolg‘oni fosh bo‘ldi.
«U shu darajada qoyil qilib o‘ynadiki, Oskar olishi mumkin edi. U hammamizni boplab aldadi», — dedi kelinning dugonalaridan biri.
Firibgarligini tan olgandan so‘ng Stenden qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Sud to‘plangan mablag‘ni qaytarishni ham talab qilishi turgan gap. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Toshkentda voyaga yetmagan qizga shilqimlik qilgan yigitga sud hukmi o‘qildi
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)