Foto: AFP
Fransiyada 76 ta masjid politsiya tomonidan tekshiriladi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Jerald Darmanin xabar bermoqda. Uning aytishicha, «ekstremistik ro‘yxat»ga tushadigan masjidlar yopilishi mumkin.
Vazir Fransiya hukumati separatizm va ekstremizmga qarshi jiddiy kurash boshlaganini ma’lum qildi: «Masjidlar tekshiriladi va terrorizm g‘oyalari targ‘ib qilinadiganlari yopiladi. Separatizm targ‘ibotida gumonlangan ibodat joylari ham yopiladi», degan Fransiya ichki ishlar vaziri.
Ma’lum bo‘lishicha, 76 ta masjid tekshiruv ro‘yxatiga tushgan va ularning 18 tasi hukumatda shubha uyg‘otgan. Ro‘yxatdagi masjidlarning 16 tasi Parijda, qolgan 60 tasi esa mamlakatning qolgan qismlarida joylashgan.
Ma’lumot uchun, 16 oktyabr kuni Fransiyada Samyuel Pati ismli tarix o‘qituvchisi 18 yoshli chechen millatiga mansub Abdulla Anzorov tomonidan so‘yib ketilgandi. O‘qituvchi qotillik sodir etilishidan bir necha kun avval o‘quvchilarga musulmonlarning e’tiqodini haqorat qiluvchi karikaturani ko‘rsatgan. Chechen yigit qo‘lga olish vaqtida halok bo‘lgan. Bu voqeadan keyin Fransiya prezidenti Emmanuel Makron mamlakatda radikalizmga qarshi jiddiy kurash boshlanishini ma’lum qilgan va dekabrda bu borada qonun loyihasi qabul qilinishini aytgandi.
Oldinroq Makron Fransiyada imomlar kengashi tuzishni taklif qilgan va kengash a’zolari maxsus akkreditatsiyadan o‘tkazilishini aytgandi. Makronning taklifiga ko‘ra, hukumatning talablarini bajarmagan imomlarning akkreditatsiyasi bekor qilinadi. Makron bunday harakatlari bilan butun dunyoda musulmonlarning nafratiga sabab bo‘lmoqda. Turli mamlakatlarda unga qarshi namoyishlar o‘tkazildi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi