Foto: «Rg.ru»
Birlashgan Millatlar Tashkiloti insoniyat 2021 yilda ulkan gumanitar inqirozga duchor kelishidan xavotirini bildirdi. So‘nggi 75 yildagi eng ulkan inqiroz! Bundan BMTning Jahon oziq-ovqat dasturi direktori Devid Bizli ogohlantirmoqda.
BMT vakili so‘zining isboti sifatida quyidagi raqamlarni keltirdi: oxirgi to‘rt yilda qurolli nizolar va koronavirus pandemiyasi tufayli ochlikdan qiynalayotganlar soni 80 milliondan 270 million nafargacha ko‘paygan! Tashkilot yordam uchun 19 trillion dollar sarflagan. 2021 yilda buncha pul bo‘lmasligi mumkin, oldinda iqtisodiy pasayish kutyapti bizni, ta’kidladi Bizli.
Direktor Bizli yetarli mablag‘ to‘plangan taqdirdagina bashariyat gumanitar inqirozni chetlab o‘tishi mumkinligiga urg‘u berdi. Buning uchun davlat rahbarlari barqarorlikni izdan chiqaruvchi muammolar, ochlik va migratsiya masalalarini hal etishga yanada diqqatliroq bo‘lishlari talab etiladi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bayrut porti tiklanmasa, Livanda 2,5 haftadan keyin non tugashi mumkin

2020 yil aviatsiya tarixidagi eng yomon yil deb ataldi

BMT bosh kotibi koronavirus pandemiyasi oziq-ovqat inqirozini keltirib chiqarishi mumkinligidan ogohlantirdi

Koronavirus tufayli dunyoda ochlik darajasi ikki baravarga ortishi mumkin

Koronavirus sababli dunyo bo‘yicha 25 millionta ish o‘rni yo‘qotilishi mumkin

Afrikada chigirtkaga qarshi kurash uchun 10 million dollar ajratildi