3 451
Olimlar nima sababdan ba’zi hayvonlar koronavirusga qarshi immunitetga ega ekanligini aniqladi
Foto: EPA
Hayvonlarning ba’zi turlari — cho‘chqa, kalamush, qushlarning koronavirusga chalinish ehtimoli past va ularda virusga qarshi immunitet mavjud. Bu haqda Stenford universiteti olimlari guruhi ma’lum qildi, deb yozmoqda «Korrespondent.net».
Koronavirus odam hujayrasiga ACE2 retseptorlari orqali tushadi. Tadqiqotchilar odam tez-tez aloqada bo‘ladigan 28 ta hayvon turini o‘rganib, ularda xuddi shunday retseptorlarni aniqladi.
Aniqlanishicha, turli hayvonlarda bu retseptorlar juda o‘xshash, biroq molekulyar tuzilish biroz farq qiladi. Odam retseptorlariga eng ko‘p o‘xshaydigan retseptorlar shimpanzelarda aniqlangan (99,5 foiz o‘xshashlik), eng kami esa oltin baliqchalarda (72 foiz).
Bu retseptorlarning kompyuter tahlili virusning oqsil «tishlari» bilan aloqa o‘rnatishga va mos ravishda infeksiyaning hujayraga kirishiga to‘sqinlik qiladigan mutatsiyani aniqladi.
Shunday bo‘lsa ham, olimlar koronavirusning bundan keyin mutatsiyaga uchrashini va hatto immunitetga ega hayvonlarni ham zararlaydigan shtammlarning paydo bo‘lishini istisno qilmayapti.
Tadqiqot rahbari Joao Rodrigesh kasallangan odamlarni Jahon hayvonlar sog‘lig‘ini saqlash tashkilotining tavsiyalariga amal qilishga hamda uy va yovvoyi hayvonlar, chorva bilan aloqani cheklashga chaqirgan. Aks holda, koronavirus pandemiyasi turlararo pandemiyaga aylanishi va ko‘plab qirilib ketayotgan hayvonlarning yo‘q bo‘lib ketishiga olib kelishi mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Harbiy xizmatdan qochgan 30 dan ortiq ukrainalik chegarani kesib o‘tishga urinib, halok bo‘ldi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish rejalari ishlab chiqildi
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Saudiya Arabistoni bilan yana qator sohalarda hamkorlik o‘rnatilishi kutilmoqda
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat