Joriy yil BMT hisobotiga ko‘ra, avvalroq qayd etilgan eng issiq uch yillardan biriga aylanadi. Tashkilot rahbari Antoniu Guterrishning ma’lum qilishicha, dunyo iqlim falokati yoqasida, yong‘inlar hamda toshqinlar, siklonlaru bo‘ronlar esa tobora odatiy holga aylanib bormoqda.
Ta’kidlanishicha, so‘nggi olti yil, ya’ni 2015 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan oraliq doimiy meteorologik kuzatuvlar boshlangan 1850 yildan buyon qayd etib kelinayotgan eng issiq davr bo‘lgan. Mutaxassislarning hisob-kitoblariga ko‘ra, joriy yilda o‘rtacha harorat sanoat inqilobigacha bo‘lgan ko‘rsatkichdan 1,2 darajaga yuqorini tashkil etgan.
O‘z navbatida, Butunjahon meteorologiya tashkiloti (WMO) mutaxassislarining ta’kidlashicha, 2020 yil tarixdagi ikkinchi eng issiq yil bo‘lishi mumkin va qo‘shimcha qilinishicha, global isish darajasi tobora ortib bormoqda.
“Issiqxona gazlarining Yer sharini Selsiy shkalasi bo‘yicha 1 darajaga qizdirishi uchun bir asrga yaqin vaqt kerak bo‘lgandi. Yana 1 daraja esa atigi 30 yil ichida qo‘shilishi mumkin”, - demoqda Melburndagi Monash universiteti xodimi Nevill Nikols.
BMT hisobida aytilishicha, global isishni cheklash uchun neft, gaz va ko‘mir qazib olish yiliga 6 foizga tushishi kerak. Zero, iqlim o‘zgarishining asosiy sababi bo‘lmish atmosferadagi issiqxona gazlari o‘tgan yili rekord darajaga yetgan va koronavirus pandemiyasiga qaramay 2020 yilda ham o‘sishda davom etmoqda. Karbonat angidrid atmosferada asrlar davomida saqlanib kelinganligi bois chiqindilarning qisqa muddatli qisqarishi unchalik ta’sir ko‘rsatmagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi