Foto: Daily Mail
Xitoyning Yuylin shahrida yashovchi ayol, sobiq sevgilisining gul va tasmalar bilan bezatilgan mashinasini to‘sib, uning to‘yini buzishga urindi. Bu haqda Search News xabar berdi.
2 dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda shaxsi noma’lum bo‘lgan ayolning yo‘l o‘rtasiga chiqib to‘y mashinasini to‘xtatishga urinishi aks etgan video tarqalgan.
Taxmin qilinishicha, bu xatti-harakati orqali u sobiq sevgilisining to‘yini to‘xtatmoqchi bo‘lgan. Yozib olingan videoda ayolning yurib kelib mashina ro‘parasida to‘xtagani va qo‘llarini ko‘tarib avtomobilning yo‘lda davom etishiga yo‘l bermaganini ko‘rish mumkin.
Shunga qaramay ayol erkakni fikridan qaytara olmay ortga qaytishiga to‘g‘ri kelgan. Boshqa guvohlar tomonidan muhrlangan videolarda u qo‘lida telefonini ushlab olib: «Men seni hech qachon tinch qo‘ymayman» , — deb baqirganini ko‘rish mumkin, deyiladi xabarda.
Ushbu videoni tomosha qilgan ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari ayolga rahmi kelgan va unga o‘tmishni unutib, yashashda davom etishini maslahat bergan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”