Rossiyada «Sputnik V» vaksinasining maksimal narxi ro‘yxatdan o‘tkazildi. Vaksinaning ikki komponenti maksimal narxi 1942 rublni tashkil etadi. Bu haqda mamlakat Sog‘liqni saqlash vazirining yordamchisi Aleksey Kuznetsovga tayanib, «Interfaks» ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 5 ta ikki komponentli to‘plamning narxi 9710 rubl miqdorida ro‘yxatdan o‘tgan. Kuznetsovning ta’kidlashicha, Rossiya fuqarolarini emlash bepul va ixtiyoriy ravishda amalga oshiriladi.
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining Gamaleya instituti tomonidan ishlab chiqilgan va «Sputnik V» deb nomlangan birinchi rus vaksinasi 11 avgustda ro‘yxatdan o‘tkazildi. Hozirda u Moskvada sinov bosqichini o‘tkazmoqda, unda 40 ming kishi ishtirok etadi. Guruhning yarmi allaqachon emlangan.
Bunga parallel ravishda vaksina bilan xavf guruhlarini – shifokorlar, tibbiyot xodimlari, o‘qituvchilarni emlash boshlangan. Shuningdek, armiyada emlash boshlandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
Pokiston “Tolibon” bilan aloqalarini uzdi
Indoneziyaning Sulavesi orolida suv toshqinlari sabab 15 kishi halok bo‘ldi