Foto: «RIA Novosti»
Armaniston Ozarbayjon qurolli kuchlari tomonidan Tog‘li Qorabog‘da hujum boshlaganini e’lon qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi sulh buzilganligini tasdiqlamoqda deya xabar bermoqda Meduza.
Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hujum mintaqaning janubidagi Stariy Taglar va Xsaberd aholi punktlari tomon boshlangan. Mudofaa vazirligining ta’kidlashicha, hujumni qaytarish uchun Armaniston qo‘shinlari choralar ko‘rmoqda.
Rossiya Mudofaa vazirligi voqea tafsilotlarini ma’lum qilmasdan, tinchlik bitimidan beri birinchi marta sulh buzilganligini tasdiqladi. Ozarbayjon tomoni hali vaziyatga izoh bermadi.
Tog‘li Qorabog‘da o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi sulh 10 noyabrga o‘tar kechasi e’lon qilindi. Kelishuvlarga muvofiq, Ozarbayjon tan olinmagan Tog‘li Qorabog‘ hududining qariyb yarmi ustidan nazoratni qo‘lga kiritdi.
Sulhga Rossiya vositachiligi bilan erishildi. Muvofiqlikni nazorat qilish uchun mintaqaga Rossiya tinchlikparvar kuchlari yuborilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
SSKA ustozi Fedotov Abbos Fayzullayevning jamoaga qaytgani haqida nima dedi?
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
Xorazmda Eron korxonalari uchun alohida sanoat zonasi tashkil etilyapti
AQSH Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatdi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi