Foto: Ted S. Warren/AP Photos
AQSH oziq-ovqat va dori vositalari sifatini sanitar nazorat qilish boshqarmasi (FDA) Moderna kompaniyasining koronavirusga qarshi vaksinasini xavfsiz va samarali deb topdi. Bu haqda boshqarma hisobotiga tayanib Bloomberg agentligi xabar bermoqda.
Unda aytilishicha, vaksina samaradorligi 94,1 foizni tashkil etadi.
Hisobotga ko‘ra, vaksina turli irqiy va etnik guruhlar orasida birdek samarali bo‘lgan. Bunda, vaksina samaradorligi yoshi 65dan yuqori bo‘lganlardan iborat guruhda 86,4 va 18dan 65 yoshgacha bo‘lganlar guruhida 95,6 foizga teng bo‘lgan.
Hisobot AQSH sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli ekspertlar guruhi yig‘ilishi arafasida e’lon qilindi. Yig‘ilishda mutaxassislar vaksinadan ommaviy foydalanish uchun uni tavsiya qilish yoki qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qilishadi.
Moderna 1 dekabrda o‘zi ishlab chiqqan vaksinadan favqulodda foydalanish uchun ruxsatnoma olish bo‘yicha ariza topshirganini ma’lum qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Kolumbiya Isroil bilan diplomatik aloqalarni uzdi
Ronaldu "Al Nassr"ni Qirol kubogi finaliga olib chiqdi
Shifokor kartoshkaning ayrim zararlarini ochiqladi
Jarimalardan 100 mln so‘m qarzi bor avtomobil Qamchiq dovonida ushlandi
2024 yilga subsidiya miqdori belgilandi
Shavkat Mirziyoyev ikki yirik tuzilma rahbarlari bilan muloqot o‘tkazdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)