09:23 / 18.12.2020
2 122

Bitkoin narxi 400 ming dollargacha ko‘tarilishi taxmin qilindi

Bitkoin narxi 400 ming dollargacha ko‘tarilishi taxmin qilindi
Foto: Getty Images
CoinMarketCap onlayn birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, bitkoin narxi birinchi marta 22 ming AQSH dollaridan oshdi. Ushbu kriptovalyuta kuniga 14,37 foizga o‘sib, hozirda 22 149 dollarga yetdi, deya xabar qilmoqda Spot.

Noyabr oyida bitkoin narxi 2017 yil oxirida o‘rnatilgan rekordni yangilab, 19 800 dollardan oshib ketdi. Bu hafta bitkoin narxi, taxminan, 20 foizga o‘sdi va yil davomida uch baravarga oshdi.

Guggenheim’ning investitsiyalar bo‘yicha direktori Skott Minerdning ma’lum qilinishicha, bitkoinlarning cheklangan ta’minoti AQSH Federal zaxirasining «cheklanmagan pulni bosib chiqarish» tizimi bilan birlashsa, kriptovalyuta narxi oxir-oqibat 400 ming AQSH dollarga ko‘tarilishi mumkin.

«Agar bitkoin narxi ko‘tarilishi tezlashib boraversa, navbatdagi ko‘tarilish nuqtasi 36 ming dollar bo‘ladi», – dedi Hxro kriptovalyuta savdo platformasi bosh direktori Den Gansberg.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bitkoin narxining 20 ming dollardan oshishi shov-shuvga sabab bo‘lishi hamda kriptovalyuta yilni yuqori darajada yakunlashiga imkon berishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bitkoin narxi 400 ming dollargacha ko‘tarilishi taxmin qilindi