Foto: Getty Images
Kaliforniya politexnika universiteti olimlari qushlarning sayrashi insonning kayfiyatini sezilarli darajada yaxshilashga xizmat qilishini aniqladi, bunda u «jonli sayrashi» ham shart emas, deb xabar beradi Independent.
Olimlar Boulder ochiq maydoni va Kolorado tog‘ parkidagi ikkita yo‘lakka kolonkalarni yashirib qo‘yib tajriba o‘tkazgan. Bir necha hafta davomida ular chug‘ur-chug‘urlar ovozini yoqib qo‘ygan, shundan so‘ng ushbu marshrut bo‘ylab harakatlangan sayyohlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilgan.
«Qushlarning sayrashini eshitganlar qo‘chimcha ovoz hamrohligisiz sayr qilganlarga nisbatan o‘zini yaxshi his qilayotgani va baxtli ekanligini ma’lum qildi», — deydi tajriba muallifi.
Tadqiqotda ishtirok etgan biolog Klinton Frensisning so‘zlariga ko‘ra, kerakli natijaga erishish uchun qushlarning 7—10 daqiqa sayrashi kifoya qilgan.
Shuningdek, olimlar yana bir detalga e’tibor qaratgan — ushbu tabiat qo‘ynidagi hududda boshqa yerdagiga qaraganda ko‘proq turdagi qushlar yashayotgandek tuygan insonlar o‘zlarini yaxshiroq his qilgan.
«Olingan natijalar bog‘larning menejerlari antropogen shovqin ifloslanishini kamaytirishi lozimligini ko‘rsatadi. Bu tashrif buyuruvchilarning taassurotlarini nafaqat yorqinroq bo‘lishiga xizmat qiladi, balki yovvoyi tabiatga ham foyda keltirishi mumkin», — deydi tajriba rahbarlaridan biri Daniel Ferraro. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi