Foto: BBC / Rubic.us
AQSHda g‘alati ishlar bo‘lyapti: Palm-Bich (Florida shtati)da joylashgan, AQSH prezidenti Donald Trampga qarashli Mar-a-Lago xususiy klubi atrofidagi qo‘shnilar meriyadan Trampni o‘z xususiy ko‘chmas mulkida yashash huquqidan mahrum qilish talabini ilgari surishmoqda.
Mar-a-Lago — qasrmisan-qasr. Foto: «Rubic.us»
G‘alati talab
1990-yillar boshida Tramp Mar-a-Lago maqomini xususiy qarorgohdan xususiy klubga o‘zgartirgan. O‘sha paytda imzolangan hujjatga muvofiq, klub a’zolari klubda bir yilda 21 kundan ortiq yashashlari mumkin emasligi qayd etib qo‘yilgan. Bu qoida Trampning o‘ziga ham tatbiq etiladiki, ayni shuni bilgan qo‘shnilar AQSHning 45-prezidenti bu yerga doimiy yashash uchun qaytib kelmasin deb, shahar hokimligini qistovga olishayotir.
Tramp palm-bichliklarning arpasini xom o‘rganmi?
O‘z vaqtida Tramp mahalliy talablarni pisand qilmay (klub yonida ulkan flagshtok o‘rnattirib, qurilmalar balandligi bo‘yicha qoidani buzgan) yon-atrofidagi qo‘shnilarini ranjitgan, keyinchalik, prezident bo‘lib olgach, har kelib-ketishida yuzaga keladigan «probka»lardan mahalliy aholi to‘yib ketgandi.
Shahar bilan tuzilgan bitimga ko‘ra, Tramp Mar-a-Lagodan xususiy klubdan boshqa maqsadlarda foydalanmaslik majburiyatini olgan. Endi sobiq prezident bu yerda doimiy yashash huquqini talab qilgudek bo‘lsa, o‘ziga xos pretsedent kelib chiqadi.
Masala Palm-Bich foydasiga hal bo‘lgan taqdirda, AQSH maxfiy xizmatlari kuzatilayotgan prezidentga zudlik bilan boshqa joydan boshpana topishlariga to‘g‘ri keladi.
Qonun oldida hamma baravar deganlari shu bo‘lsa kerakda. Ko‘ramiz, hokim nima derkin: Tramp yoki qonun! “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi