08:38 / 21.12.2020
2 533

Buyuk Britaniyaning ortidan yana bir qator mamlakatlarda koronavirusning yangi varianti aniqlandi

Buyuk Britaniyaning ortidan yana bir qator mamlakatlarda koronavirusning yangi varianti aniqlandi
Foto: Meduza
Buyuk Britaniyada koronavirusning yangi varianti aniqlandi — dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, u odatdagi koronavirusdan 70 foizga yuqumliroq, lekin undan-da xavfliroq emas. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Boris Jonson ma’lum qildi.

Infeksiyaning yangi shtammi aniqlangani munosabati bilan Angliya janubi-sharqida, xususan, Londonda 20 dekabrdan e’tiboran cheklovlarning yuqori, to‘rtinchi darajasi joriy etildi, hozircha bu tartib yaqin ikki hafta amalda bo‘ladi. Unga ko‘ra, mahalliy aholi o‘ta zaruratsiz uydan chiqishi, shuningdek, Yangi yil bayramiga tantanalariga bir necha oila bo‘lib to‘planishi mumkin emas. Xavfning to‘rtinchi darajasi e’lon qilingan hududlarda faqat dorixonalar va birinchi zarurat do‘konlari ishlaydi. Xuddi shunday cheklovlar 20 dekabrdan Uelsda, 26 dekabrdan esa Shotlandiyada ham joriy etiladi. Yangi cheklovlar haqida e’lon qilinishi bilan londonliklar shaharni ommaviy tarzda tark eta boshladi, deya xabar bermoqda Sky News.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 20 dekabr kuni Britaniyanikiga o‘xshash koronavirus Niderlandiya, Daniya va Avstraliyada ham aniqlanganini e’lon qildi. Avvalroq Janubiy Afrika Respublikasi (JAR)da ham o‘xshash mutatsiyadagi virus topilgani haqida xabar berilgan edi. Virusning yangi varianti hozirgi vaksinalar hosil qiladigan immunitetdan kuchliroq bo‘lishi mumkin, degan taxminlar uchun hozircha biror bir asos yo‘q. Buyuk Britaniya 8 dekabr kuni G‘arb mamlakatlari orasida birinchilardan bo‘lib koronavirusga qarshi Pfizer va BioNTech kompaniyalari tomonidan ishlab chiqilgan dori vositasi bilan ommaviy vaksinatsiya qilishni boshlagan edi.

Yevropaning bir qator mamlakatlari — Niderlandiya, Belgiya, Avstriya va Italiya kabilar Buyuk Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatishini e’lon qilib ulgurdi. Irlandiya, Fransiya va Germaniya, shuningdek, Isroil ham shunday qaror qabul qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda. Bild nashri ma’lumotlariga ko‘ra, Germaniya kansleri Angela Merkel Yevropa Ittifoqidagi hamkasblari bilan Buyuk Britaniyadan Yevroittifoqqa parvozlarni 20 dekabr oqshomidan to 2021 yil 6 yanvarigacha muvofiqlashtirilgan holda taqiqlash bo‘yicha kelishishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, Yevropa Ittifoqi va JAR o‘rtasidagi aviaqatnovlar cheklanishi, Buyuk Britaniya bilan temir yo‘l va parom aloqasi ham to‘xtatilishi mumkin, deya yozmoqda Meduza.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Buyuk Britaniyaning ortidan yana bir qator mamlakatlarda koronavirusning yangi varianti aniqlandi