Zamonaviy va zargarlik buyumlarini yaratadigan iste’dodli dizayner, mashhur Tiktoker Isayya Garza ko‘p yillar davomida xayriya tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. U daromadining bir qismini kam ta’minlangan odamlar ehtiyojlariga, shuningdek odam savdosi qurbonlarini himoya qilish jamiyatlariga ajratadi.
Dizayner TikTokda boshpanasiz va ijtimoiy og‘ir ahvoldagi odamlar bilan muloqotini, ularga moddiy yordam berishini, oziq-ovqat va kiyim-kechaklarni tarqatishini namoyish etadi.
Yaqinda yigit muxlislarini yana bir bor hayratlantirdi. Nafaqat muxlislarini balki.... Bir kuni Isayya Garza 10 yildan beri uysiz ayol Robinni uchratib qoldi va unga sovg‘a solinadigan ixchamgina qog‘oz paket taqdim etdi. Daydi ayol Robin paketning ichidan yegulik va shirinliklar chiqishini o‘ylagani uchun paketni ochib nima deyishini bilmay qoldi.
Paketning ichida dizayner unga ijaraga olgan kvartiraning kalitlari bor edi. Tiktoker turar joy uchun ikki yil oldindan pulni to‘lagan va shuncha muddat bu ayol uyda hech qanday to‘lovni o‘ylamasdan yashashi mumkin.
Boshpanasiz ayol bundan buyon uning qulay, shinamgina boshpanasi borligini darhol anglamadi va u dizayner bilan uyga kirganlaridan keyingina bunga ishondi. Sobiq uysiz ayolni bu sovg‘adan tashqari yana boshqa hadya — davolanishi, mashina sotib olishi va ishga joylashishi uchun mablag‘ ajratilgani hayotini boshidan boshlashi uchun turtki bo‘lishi shubhasiz. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechadigan final uchrashuvi oldidan nimalar dedi?
Osiyo kubogi final uchrashuvi: Bugun “oq bo‘rilar” yapon “samuraylari”ga qarshi maydonga tushadi
Shavkat Mirziyoyev: Jahonda investorlar uchun mislsiz kurash ketyapti
Turkiya Kurdiston ishchi partiyasiga aloqador 43 nafar terrorchini yo‘q qildi
Taniqli aktyor va rejissyor Mashrab Kimsanov 69 yoshida vafot etdi
Germaniyada Gebbelsning villasi istalgan odamga berib yuborilishi e’lon qilindi
Rossiya kubogi. SSKA ilk o‘yinda Zenit bilan durang o‘ynadi, Fayzullayev zahiradan tushirildi