London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi olimlari koronavirusning yangi shtammining asosiy xavfi haqida ma’lumot berdilar. Bu haqda Phys.org portalida xabar berilgan.
Ularning fikriga ko‘ra, ingliz shtammi shifoxonalarda bemorlar sonining keskin ko‘payishi, shuningdek, o‘lim statistikasida salbiy o‘sishga olib kelishi mumkin.
Virus uni yuqtirgan odam uchun katta xavf tug‘diradimi yoki yo‘qmi, hozircha aniqlanmagan. Biroq, ular shtamm ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.
Shifokorlarning ta’kidiga ko‘ra, ochilgan o‘quv muassasalari yopilmasa, hukuatlar ko‘rayotgan cheklov choralari o‘z qiymatini yo‘qotishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlish vaziri Mett Xenkok mamlakatda koronavirusning yangi shtammi tarqalganini bildirdi. Bosh vazir Boris Jonsonga ko‘ra, ushbu shtamm avvalgisiga qaraganda 70 foizga yuquvchanlik imkoniyatiga ega. Dunyo davlatlari (jumladan O‘zbekiston) Buyuk Britaniya bilan parvozlarni bekor qildi va boshqa qo‘shimcha choralar kiritdi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
“Umra” ziyoratiga borib kelish tartibi takomillashtiriladi
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Pnevmatik qurollarni o‘z ixtiyori bilan topshirganlar javobgarlikdan ozod etiladi
Shimoliy Koreya yangi ko‘rsatkichlarga ega ballistik raketani sinovdan o‘tkazdi
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
O‘zbekistonliklar doimiy yashash uchun ko‘proq qaysi davlatlarga ko‘chib ketmoqda?
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari