10:00 / 26.12.2020
2 703

Olimlar koronavirus yangi shtammining asosiy xavfini ma’lum qildilar

Olimlar koronavirus yangi shtammining asosiy xavfini ma’lum qildilar
London gigiyena va tropik tibbiyot maktabi yuqumli kasalliklarni matematik modellashtirish markazi olimlari koronavirusning yangi shtammining asosiy xavfi haqida ma’lumot berdilar. Bu haqda Phys.org portalida xabar berilgan.

Ularning fikriga ko‘ra, ingliz shtammi shifoxonalarda bemorlar sonining keskin ko‘payishi, shuningdek, o‘lim statistikasida salbiy o‘sishga olib kelishi mumkin.

Virus uni yuqtirgan odam uchun katta xavf tug‘diradimi yoki yo‘qmi, hozircha aniqlanmagan. Biroq, ular shtamm ko‘proq yuqumli bo‘lishi mumkinligini ta’kidladilar.

Shifokorlarning ta’kidiga ko‘ra, ochilgan o‘quv muassasalari yopilmasa, hukuatlar ko‘rayotgan cheklov choralari o‘z qiymatini yo‘qotishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 14 dekabr kuni Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlish vaziri Mett Xenkok mamlakatda koronavirusning yangi shtammi tarqalganini bildirdi. Bosh vazir Boris Jonsonga ko‘ra, ushbu shtamm avvalgisiga qaraganda 70 foizga yuquvchanlik imkoniyatiga ega. Dunyo davlatlari (jumladan O‘zbekiston) Buyuk Britaniya bilan parvozlarni bekor qildi va boshqa qo‘shimcha choralar kiritdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar koronavirus yangi shtammining asosiy xavfini ma’lum qildilar