Foto: «News.yandex.ru»
Birinchi marta Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirus yangi shtammi yana bir qit’aga yetib bordi. Kanadada ikkita kasallanish holati qayd etildi. Bu haqda Ontario provinsiyasi saytida xabar berilgan.
Virusni yuqtirilganlar — Darem munitsipaliteti istiqomat qiluvchi er-xotin. Ular sayohatga chiqishmagan, yuqtirish xavfi ham yuqori bo‘lmagan. Hozirda ular o‘zlarini izolyatsiyaga olishgan.
26 dekabr yarim tunidan boshlab provinsiyada qattiq cheklov choralari joriy etilgan. Ontario COVID-19ni yuqtirish bo‘yicha Kvebekdan keyin ikkinchi o‘rinda turadi.
26 dekabrda Fransiya va Ispaniyada yangi shtamm aniqlandi. Bir kun oldin, xuddi shunday shtamm Irlandiya va Yaponiyada, 24 dekabrda esa Germaniyada qayd etilgandi.
Koronavirusning xavfli mutatsiyasi Buyuk Britaniyada aniqlandi. Bugungi kunga kelib mingga yaqin yangi shtamm bilan kasallanish holati qayd etildi. Mutatsiya, shuningdek, Daniya, Belgiya, Niderlandiya, Avstraliya, Janubiy Afrikadagi bemorlarda ham kuzatilgan. Britaniyalik mutaxassislar koronavirusning ushbu turi tezroq tarqalayotganini ma’lum qildi.
20 dan ortiq mamlakat Buyuk Britaniya bilan transport aloqalari to‘xtatilishini e’lon qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Buyuk Britaniyada aniqlangan koronavirusning xavfli shtammi Osiyoga ham yetib keldi

Ayollarda COVID-19ning yangi asoratlari aniqlandi

Koronavirusning yangi turi yana uchta davlatda aniqlandi

COVID-19ni yo‘q qiladigan super qog‘oz kashf etildi

Koronavirusni yuqtirish xavfi yuqori bo‘lgan odamlar toifasi ma’lum qilindi

Infeksiya qayoqqa g‘oyib bo‘ldi? Avstraliyada koronavirus qayd etilmadi