
Foto: Getty Images
«Milan» hujumchisi Zlatan Ibragimovich Shvetsiyada o‘rmon bo‘lagini sotib oldi. Futbolchi 1000 gektarlik hududni 3 million yevroga sotib oldi. O‘rmon Shvetsiya va Norvegiya chegarasidan uzoq bo‘lmagan tog‘li hududda joylashgan.
Ibragimovich bu hududda ov qilish va baliq ovlash huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, u qorda yurishga mo‘ljallangan mashinada sayr qilishi ham mumkin, deya xabar qilmoqda Football Italia.
Zlatan 2020 yilning yanvarida «Milan» safiga qaytdi. U 2020/21 yilgi mavsum A Seriyada 6 ta o‘yin o‘tkazib, o‘nta gol va bitta golli uzatmaga muallif bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar