
Foto: NASA
NASA mutaxassislari Kennedi kosmik markazida Astrobotic Technology kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan CubeRover kichik planetoxodini sinovdan o‘tkazdi, deb xabar beradi «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, Oy yuzasini imitatsiya qilish uchun o‘lchami oyoq kiyim qutisidek keladigan to‘rt g‘ildirakli apparat ustiga 120 tonnali konteyner o‘rnatilgan. NASA ekspertlari CubeRover’ning manyovrchanligini, shuningdek, uning datchigi, dvigatel va changli sharoitda quvvatlanish tizimini baholagan. Umumiy hisobda rover harakatlanish bo‘yicha 150 dan ortiq testlarni bajarib ko‘rgan.
Astrobotic Technology apparati yordamida agentlik Oydagi ilmiy, tadqiqot va tijoriy faoliyatini kengaytirish niyatida.
«CubeRover yengil, taxminan 4 kilogramm keladi. Ularni yaratish va ishga tushirish — nisbatan arzon. Bu esa parvozlar qiymatini sezilarli darajada kamaytirib, CubeRovers’ni namoyishkorona missiyalar uchun ajoyib platformaga aylantiradi», — deydi Astrobotic Technology’ning planetar mobillik bo‘yicha direktori Mayk Provensano.

Foto: NASA
Uning so‘zlariga ko‘ra, roverni 2024 yilga — NASA’ning Artemis missiyasiga qadar to‘liq tayyorlash kerak bo‘ladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar