date
views 3 222

Osiyoning eng badavlat kishisi nomi ma’lum qilindi

Osiyoning eng badavlat kishisi nomi ma’lum qilindi
Foto: AP
Chjun Shanshan Xitoyning eng badavlat kishisi deb e’lon qilindi. Uning boyligi 77,8 milliard dollarga yetdi. U sayyoradagi eng badavlat kishilar reytingida 11-o‘rinni egalladi, deb yozmoqda Bloomberg.

Shanshanning boyligi 2020 yilda 70,9 milliard dollarga ko‘paygan. 66 yoshli Shanshan vaksina ishlab chiqaruvchi Beijing Wantai Biological Pharmacy Enterprise va qadoqlangan suv ishlab chiqaruvchi Nongfu Spring kompaniyalari asoschisi hisoblanadi.

Bunga qadar Alibaba korporatsiyasi asoschisi Jek Ma Osiyoning eng badavlat kishisi deb e’tirof etib kelinardi.
Xitoy hukumati Jek Maga nisbatan surishtiruv boshlaganidan so‘ng uning boyligi 3,6 mlrd dollarga kamaygan.

24 dekabr kuni xitoylik milliarder kapitali kamayishi bo‘yicha barcha milliarderlar orasida antirekord o‘rnatdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Osiyoning eng badavlat kishisi nomi ma’lum qilindi