
Londonlik epidemiolog Dipti Gurdasani koronavirusning «britancha» mutatsiyasining yangi xavfi haqida ogohlantirdi. Gurdasani yangi shtamm 19 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘spirinlar uchun ko‘proq yuqumli ekanligini aytdi. Mutatsiyaga uchragan virus ushbu yosh toifasida alomatlarni keltirib chiqarishi ehtimoli ko‘proq, dedi u.
Mutaxassis bolalar va o‘spirinlar orasida kasallikning kuchayishi tufayli koronavirusning ushbu turi kattalarga tezroq yuqishi, bu esa SARS-CoV-2ning tez tarqalishiga va ko‘plab o‘limlarga olib kelishi mumkinligini qayd etdi.
U ushbu shtammni «juda qo‘rqinchli» deb atadi va unga qarshi «hoziroq chora ko‘rishga» chaqirdi. «Ushbu ma’lumotlar Buyuk Britaniyadagi vaziyat ancha yomonlashishi mumkinligidan dalolat beradi», deb yozgan epidemiolog.
SARS-CoV-2 koronavirusining yangi mutatsiyasi dekabr oyining o‘rtalarida ma’lum bo‘ldi. Dastlab u Buyuk Britaniyada topilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar