Ilm dunyosi inson umrini ikki baravar uzaytirishi mumkin bo‘lgan dori yaratishga juda yaqin qoldi. Ushbu voqea yaqin o‘n yillikda sodir bo‘ladi.
Bu haqda britaniyalik olim Endryu Stil ma’lum qildi.
Biologning so‘zlariga ko‘ra, yaqin kelajakda qarish jarayonini sekinlashtirish insoniyat uchun haqiqatga aylanadi. Ammo bu keksaygan insonlar organizmining yosh holatiga qaytishini anglatmaydi.
Stilning fikricha, olimlar organizmdagi yoshga bog‘liq o‘zgarishlar bilan bog‘langan sog‘liq muammolarining oldini oladigan dori yaratishadi. Uning yordamida artrit, bo‘g‘inlar og‘rig‘i hamda suyaklar mo‘rtligi yo‘qoladi. Tadqiqotchilar tez orada kasallikning asl sabablarini topib, samarali dori vositalarini yarata olishadi, bu esa o‘z navbatida, qarish jarayonini sezilarli darajada sekinlashtiradi, natijada qarilik bilan bog‘liq xastaliklar faqat uzoq kelajakdagina namoyon bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda olimlar inson umrini uzaytirishi mumkin bo‘lgan innovatsion ishlanmalarni sinovdan o‘tkazishmoqda. Agar ushbu yo‘nalishda muvaffaqiyat qozonilsa, Endryu Stilning aytishicha, dastlabki davrda artrit, yurak-qon tomir kasalliklari yoki saraton xastaligidan shikoyat qilmaydigan keksa odam bilan uchrashish g‘ayrioddiy hodisaga aylanadi. Shu bilan birga, biologning qayd etishicha, 150 yoshli nafaqaxo‘rlar 20 yoshli o‘g‘il-qizlarga o‘xshamaydi. Tashqi ko‘rinishdagi farqlar, albatta, mavjud bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda Xitoy bilan hamkorlikda chiqindilarni yoqish zavodi quriladi
U-23 Osiyo Kubogi. O‘zbekiston so‘nggi daqiqalarda gol o‘tkazib yubordi va 2-o‘rin bilan yakunladi
Fyodor Yemelyanenko: “Men Mayk Tayson bilan jang qilishni reja qilgandim”
Buyuk Britaniya va Ukraina 100 yillik hamkorlik bo‘yicha muzokaralarni boshladi
Messining kelishi "Inter Mayami" budjetiga qanday ta’sir qildi?
Toshkent-Andijon pullik yo‘li loyihasi 4,65 mlrd dollarga baholandi
Robert Levandovski: “Mbappe futbolchi va shaxs sifatida juda aqlli”
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi