Kadr: Youtube
Xitoyning Szyansi provinsiyasida joylashgan kutubxonalarning biridagi ikkita robot-assistent «urushib qoldi». Qiziqarli vaziyat haqida QQ portaliga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Tutu va Vanbao ismli kutubxonachi-robotlarning vazifasi o‘quvchilarga kerakli kitobni qidirishda yordamlashishdan iborat. Ular navbatdagi mijozni bo‘lisha olmay «talashib qolgan».
Janjal tashrif buyuruvchilardan biri savol berish maqsadida QR-kodni robotlardan birida skanerdan o‘tkazganida yuzaga kelgan, bu vaqtda ikkinchi robot yordam berishni xohlagan.
Guvohlar tomonidan tasvirga olingan rolikda Tutu va Vanbao qisqa jumlalar bilan boshlarini aylantirayotganini ko‘rish, orqa planda esa odamlar kulayotganini eshitish mumkin.
Natijada Vanbao yarashishga qaror qilib, o‘z aybini tan olgan. Bunga javoban Tutu hamkasbini kayfiyati tez-tez o‘zgarib turishida ayblagan, biroq keyinroq uni kechirgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Global Janub kimniki?
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi