Foto: Reuters
Koreya Ishchilar partiyasining 8-qurultoyida KXDR Davlat kengashi raisi Kim Chen In AQSH rasmiy Pxenyanning asosiy dushmani ekanligini aytdi. Bu haqda 9 yanvar kuni Koreyaning Markaziy telegraf agentligiga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Shimoliy Koreya rahbarining so‘zlariga ko‘ra, prezidenti kim bo‘lishidan qat’i nazar, rasmiy Vashingtonning KXDRga nisbatan siyosati o‘zgarmaydi. Uning ta’kidlashicha, «dushmanlik siyosatidan» uzoqlashish ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam beradi.
Shuningdek, u rasmiy Pxenyan o‘z yadroviy qurolini rivojlantirishda davom etishi kerakligini ta’kidladi, ammo KXDR yadro qurolini faqat dushman kuchlari unga birinchi bo‘lib hujum qilgan taqdirdagina ishlatishini aytib o‘tdi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Migrantlarni Rossiyadan chiqarib yuborishning yangi tartibi taklif etildi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi