Foto: «Zen.yandex.ru»
Dunyodagi eng boy odam, «SpaceX» va «Tesla» asoschisi Ilon Mask Marsga ko‘chib borish uchun bor mol-mulkini sotishga qaror qildi.
Maskning fikricha, boshqa sayyorada shahar qurish uchun katta mablag‘ kerak bo‘ladi. Bu uni mol-mulkini sotishga majbur qilayotgan sabablardan biridir. Bu bilan ishbilarmon o‘zining qay darajada qat’iyatli ekanligini namoyish etmoqchi, deya xabar berdi «Business Insider».
«Moliyaviy nuqtai nazardan deyarli hech qanday boyligim qolmaydi», — deydi tadbirkor.
Maskning aytishicha, mabodo ishda keskin vaziyat yuzaga kelsa, u fabrikada yoki idorada ham uxlashi mumkin. Biroq tadbirkor farzandlari uchun qandaydir uy-joyga muhtojligini tushunib turibdi. Shu bilan birga, ushbu maqsadlar uchun ijaraga olishi yoki boshqa biror nima qilishi mumkin deb hisoblaydi.
7 yanvar kuni «Tesla» va «SpaceX» kompaniyalarining rahbari, ishbilarmon Ilon Mask dunyoning eng boy odamlari reytingida birinchi o‘ringa ko‘tarilib olgani to‘g‘risida xabar bergandik. U Amazon asoschisi Jeff Bezosdan o‘tib ketdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Andijonda kelin erining uyidan seplarini MIB orqali qaytarib oldi
Internet-qaroqchilik. Buning uchun qanday javobgarlik bor?
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi
U23 Osiyo kubogi. Bugun final! O‘zbekiston terma jamoasi Yaponiyaga qarshi o‘ynaydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi