Foto: Unsplash
San-Fransiskoda istiqomat qiluvchi Stefan Tomas ismli dasturchi hozirda qiymati 220 million dollarni tashkil etadigan bitkoinlarga egalik qiladi. Faqat u kriptovalyutadan foydalana olmaydi, chunki elektron hamyoni parolini unutib qo‘ygan. The New York Times kriptovalyutasi joylashgan hamyonlardan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan bir necha kishi haqida ma’lumot berdi.
Tomas bitkoinlarni 2011 yilda, kriptovalyuta haqida ma’lumot beruvchi qisqa roligidan so‘ng olgan. Buni ko‘rgan bitkoin muxlisi dasturchiga minnatdorchilik bildirib, unga 7002 bitkoin sovg‘a qilgan. Tomas bitkoin-hamyon parolini qog‘ozga yozib qo‘ygan va o‘tgan davr oralig‘ida u, albatta, yo‘qolib ketgan.
Dasturchining to‘g‘ri parolni topishga 10 ta urinishi bo‘lgan, hozirda u 8 tasidan foydalanib bo‘ldi. Tomasning so‘zlariga ko‘ra, u eng ko‘p foydalangan kombinatsiyalarini tergan, biroq to‘g‘ri chiqmagan. Endilikda unda ikkita imkoniyat qolgan, agar noto‘g‘ri kombinatsiya terilsa hamyonga kirish bloklanadi.
Tahlilchilarning baholashicha, mavjud 18,5 million bitkoinlarning 20 foizga yaqini yo‘qolgan yoki qandaydir holat bilan bloklangan. Umumiy hisobda ularning qiymati hozirda 140 milliard dollarni tashkil etadi.
Yo‘qolgan raqamli kalitlarni topishga yordam berish bilan shug‘ullanuvchi Wallet Recovery Services kompaniyasining ma’lum qilishicha, hozirda kuniga 70 ga yaqin so‘rovlar o‘z boyligini qayta tiklash borasida kelib tushmoqda. Bu bir oy oldingi ko‘rsatkichdan 3 barobar yuqori. Ularning aksariyati bitkoinlarga 10 yildan buyon egalik qilib keladi.
Barbadoslik yana bir tadbirkor Gabriel Abed hamkasbi noutbigini format qilib yuborgani sabab 800 bitkoinini yo‘qotib qo‘ygan (taxminan 25 million dollar).
Stefan Tomas esa hozircha parol terishdan to‘xtab turibdi, bitkoin-hamyonlardan foydalanish yo‘lida boshqa yangi imkoniyatlar paydo bo‘lgunga qadar kutishga qaror qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingFikrlar (0)
Mavzuga oid yangiliklar

Bitkoin narxi 400 ming dollargacha ko‘tarilishi taxmin qilindi

Bitkoin narxi 2017 yilda o‘rnatilgan rekordni yangiladi

Tramp: «Rossiya bilan til topishsam yaxshimi yoki yomon? O‘ylashimcha, yaxshi»

Putin koronavirusga qarshi vaksina qabul qilgan qizining ahvoli haqida ma’lumot berdi

Tramp New York Times’dan tiz cho‘kib uzr so‘rashini talab qildi

The New York Times Trampning g‘alabasi ehtimolini ilk marta 50 foizdan ortiq deb baholadi