Yaponiyalik Sedzi Morimoto, 37 yoshda, u internet tarmog‘ida g‘ayrioddiy yo‘l bilan pul topadigan kishi sifatida mashhur bo‘ldi, deb yozadi The Independent nashri.
Oilali va fizika bo‘yicha diplomiga ega, u har kuni ertalab ishga borishga tayyorlanmaydi. Morimoto «hech narsa qilmasdan» pul ishlashni afzal ko‘radi. Ikki yil oldin u ijtimoiy tarmoqqa reklama joylashtirdi:
«Men o‘zimni hech narsa qilmaydigan odam sifatida ijaraga beraman. Do‘konga yolg‘iz borishni xohlamaysizmi? Jamoada yetarlicha o‘yinchi yo‘qmi? Siz uchun joy egallaydigan odam kerakmi? Men oddiy narsalardan boshqa hech narsa qila olmayman».
Ushbu xabar darhol ko‘plab odamlarning e’tiborini tortdi va tez fursatda Morimotoning mijozlari paydo bo‘la boshladi. Dastlab, o‘z ishini bepul bajarishiga to‘g‘ri keldi. Ammo endi u o‘z xizmatlari uchun 10 000 iyena oladi - taxminan 96 dollar, shuningdek, transport vositalarida yurishi va ovqatlanishi uchun qo‘shimcha pul oladi.
Uch yil davomida «dangasa odam» 3 mingga yaqin mijozdan taklif olgan: kuniga 3-4 kishi. Morimoto turli sabablarga ko‘ra ijaraga olinadi, lekin ko‘pincha odamlar zerikkan yoki yolg‘izlikdagi kishilardan taklif tushadi. Ular Morimoto bilan ovqatlanishadi, suhbatlashadi, ijtimoiy tarmoqlar uchun suratga tushishadi, bog‘da sayr qilishadi, ko‘ngillarini ochib-sochishadi va hattoki ajrashish to‘g‘risidagi hujjatlarni imzolashga borishadi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Gruziya Bosh vaziri AQSHga tashrif buyurishdan bosh tortdi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi