21:49 / 18.01.2021
3 260

Rossiya qurilish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishni soddalashtiriladi

Rossiya qurilish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishni soddalashtiriladi
Foto: EPA
Rossiya prezidenti Vladimir Putin hukumatga 2021 yil 1 martga qadar boshqa mamlakat mehnat migrantlarini qurilish maydonlarida ishlashga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibi bo‘yicha takliflar kiritish vazifasini topshirdi. Bu haqda «RBK» xabar berdi.

Qayd etilishicha, prezident topshirig‘ida Rossiya fuqarosi bo‘lmagan ishchilarni, shu jumladan «MDHning ayrim mamlakatlari» fuqarolarini qurilish-montaj ishlarini bajarishga jalb qilishning soddalashtirilgan tartibi haqida gap ketmoqda. Hujjatga ko‘ra, mehnat migrantlarini virusga qarshi talablarga rioya qilgan holda ishga jalb qilish rejalashtirilgan.

Avvalroq Moskva qurilish boshqarmasi shahar qurilish maydonlarida ishchilar yetishmasligi haqida xabar bergan. Boshqarma boshlig‘i Rafik Zagrutdinovning so‘zlariga ko‘ra, 2020 yil dekabr oyida Moskva qurilish maydonlarida taxminan 60-65 ming ishchi ishlagan, kadrlar tanqisligi 10 ming kishiga baholanmoqda.

Rossiya Qurilish vazirligi dekabr oyida mamlakatning 50 ta hududida ishchi kuchi yetishmasligi haqida ma’lum qilgan. Vazirlik quruvchi-migrantlarning Rossiyaga kirishi tartibini soddalashtirish to‘g‘risidagi takliflarni tayyorlab, uni IIV, Mehnat vazirligi va «Rospotrebnadzor» bilan muvofiqlashtirib, ko‘rib chiqish uchun hukumatga yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Rossiya IIV mamlakatda migrantlar soni kamayib ketganini ma’lum qilgandi. 2020 yil dekabr oyining o‘rtalarida Rossiya Qurilish vazirligi mehnat muhojirlarining mamlakatga kirishini soddalashtirish taklifi bilan chiqqandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qurilish ishlariga mehnat migrantlarini jalb qilishni soddalashtiriladi