2 952
Yaponiyada qor bo‘roni sabab 140 ga yaqin mashina ishtirokida ommaviy avariya yuz berdi (video)
Foto: Nippon
Yaponiyaning Xonsyu oroliga yoqqan qor ommaviy avariyaga sababchi bo‘ldi. Miyagi prefekturasining Toxoku shossesida 140 ga yaqin avtomobil yo‘l-transport hodisasini sodir etib, avtomobillar harakatini butkul to‘xtatib qo‘ydi, deb xabar beradi Motor.
O‘nlab yengil va yuk mashinalardan iborat 1-2 kilometrli tirbandlik tasvirlangan video YouTube’dagi Fuji News Network teletarmog‘i kanalida paydo bo‘lgan. Avtomobillarning aksariyatiga jiddiy shikast yetgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, avariya mahalliy vaqt bilan peshinda sodir bo‘lgan, uning oqibatlari esa kechki soat 20:00 larga borib to‘liq bartaraf etilgan. Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar jabrlanuvchilarga yopinchiqlar va birinchi ehtiyoj uchun kerak bo‘ladigan boshqa buyumlarni tarqatgan.
Mashinalarda jami 200 kishi qamalib qolgan, ularning 19 nafari eng yaqin atrofdagi shifoxonaga jo‘natilgan. Uch kishi jiddiy jarohat olgan, YTHning bir nafar ishtirokchisi esa vafot etgan.
Yaponiya meteorologiya agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, YTH vaqtida Furukava hududidagi havo harorati -3,8 darajani tashkil etgan, shamol tezligi soniyasiga 27,8 metrga yetgan. Qor bo‘roni boshlangach atrofni ko‘rish yomonlashgan, mahalliy hukumat tezlikni 50 km/soat qilib chegaralab qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Rossiya bilan hamkorlikda Qashqadaryoda osma yo‘l quriladi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi