Jeneva sudi Isroil milliarderi Beni Shteynmetsni Gvineyaning sobiq prezidenti Lansan Kontega pora berganlikda aybdor deb topdi.
Hukmga binoan Shteynmes foydali qazilmalarni ishlab chiqarishda imtiyozga ega bo‘lish uchun prezidentning to‘rtinchi xotiniga 8,5 million dollar to‘lagan va butun banklar va filiallarning murakkab zanjiri orqali 2006 yildan 2012 yilgacha pora berishda davom etgan.
Sud isroillik tadbirkorni besh yillik qamoq jazosiga va 50 million Shveysariya franki miqdorida jarimaga hukm qilgan.
Shteynmes hukm yakuniy emasligini va unga zudlik bilan protest berishini aytib o‘tgan. Biznesmen Shveysariya prokuraturasini hujjatlarni soxtalashtirishda va noxolislikda ayblagan. Uning so‘zlariga ko‘ra, «guvohlarga soxta ko‘rsatmalar uchun pul to‘lashgan», ayblanuvchilarning huquqlari muntazam ravishda buzilgan, bularning barchasi «sud jarayonidan keyin olti kun ichida paydo bo‘lgan», ammo sudya milliarderning aybsizligi dalillarini e’tiborsiz qoldirish orqali ayblov xulosasini chiqargan.
Tadbirkor unga qarshi barcha jarayonlarni «yolg‘on va manipulyatsiya» deb atagan. Shteynmes, birinchi navbatda, Jorj Sorosni unga nisbatan tovlamachilik qilayotganlikda ayblagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi