
Parijdagi Luvr muzeyi yaqinida kattaligi odamdek keladigan laqqa baliq ushlandi, deb xabar beradi Daily Mail.

Foto: Daily Mail
Baliqchi Sena daryosidan ulkan baliqni chiqarib olganida, uning atrofida hayratga tushgan insonlar to‘plangan. «Kimdir bu ‘Sena Lox-Nessi’ deb baqirdi. Odamlar baliqni dinozavrlar va maxluqlarga aloqador demoqda», — deydi voqeani videoga olgan Lina Lovisa Nilsson ismli guvoh.

Foto: Daily Mail
Nilssonning taxminicha, bu Parij markazida qarmoqqa ilingan eng katta baliq hisbolanadi. U Senada tutilgan eng katta laqqa baliqning uzunligi 1,9 metrga yetganini aniqlagan. Luvr yaqinidan tutilgan baliqning kattaligi ham shunday keladi. «Men o‘zim borgan birorta katta shaharda bu kabi holatni ko‘rmaganman», — deya ta’kidlaydi ayol. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar