00:20 / 24.01.2021
2 380

Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi

Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi
Foto: Pixabay
Britaniyalik dermatologlar koronavirusning terida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan uchta belgisiga oid ma’lumotlar bilan bo‘lishdi, deb yozadi Express gazetasi.

Ma’lum qilinishicha, bir necha hafta davomida ham o‘tib ketmaydigan va doim qichiydigan «eshak yemi», suvchechak yoki «voldir»ga o‘xshash toshmalar koronavirus belgisi bo‘lishi mumkin.

«Tadqiqotlarimiz shuni ko‘rsatmoqdaki, toshmalar tana haroratining ko‘tarilishi yoki yo‘taldan ko‘ra ko‘proq koronavirusning yorqin belgisi bo‘lishi mumkin», — deya ta’kidlaydi dermatolog Veronik Batay.

Shuningdek, quruq va mayda yoriqlarga ega «qichiydigan» lab ham koronavirusdan dalolat beradi. Odatda bu kabi belgilar sog‘ayish vaqtida paydo bo‘ladi.

Koronavirusning paydo bo‘lganing yorqin belgilaridan biri qo‘ldagi toshmalar va oyoqlarning sovuq qotishi. Barmoqlarda ustki qatlami ko‘chadigan qizil yoki siren rangli og‘riqli shishlar paydo bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Koronavirusning «teri» belgilari ma’lum qilindi