1 849
Qirg‘izistonning sobiq bosh vaziri hibsga olindi. Yana biriga esa qidiruv e’lon qilingan
Foto:«Inbusiness.kz»
2018-2020 yillarda Qirg‘iziston bosh vaziri sifatida ishlagan Muhammadkaliy Abilgaziyev hibsga olindi. Bu haqda AKIpress kuchishlatar tizimlardagi manbasiga asoslanib xabar bergan.
Abilgaziyev avvalroq, noqonuniy boylik orttirishda ayblanib, Qirg‘iziston davlat xavfsizlik qo‘mitasiga so‘roqqa chaqirilgandi. Sobiq bosh vazir 26 yanvar kuni qo‘lga olingan.
53 yashar Abilgaziyev bir qancha mojarolar bilan omma e’tiboriga tushgan. Shulardan biri «KT Mobayl» korrupsion sxemasiga aloqadorlik sanaladi. Sobiq vazirning qarindoshlariga qarashli ekani aytiladigan kompaniya rasmiylari amalda hech ish qilmasa ham, katta miqdorda pullarni o‘zlashtirishda ayblangan.
Shuningdek, qator jurnalistik surishtiruvlarga ko‘ra, Abilgaziyevning Qirg‘izistonda tahsil ko‘rishi aytilgan qizi aslida AQSHning Diablo Valley kollejida o‘qishi oydinlashgandi.
Muhammadkaliy Abilgaziyev boshiga «qora bulutlar soya solgan» yagona sobiq bosh vazir emas. Undan avval ushbu amalga o‘tirgan Sapar Isoqov 2018 yilda qo‘lga olinib, hibs qilingandi. 2020 yil 6 oktabr oyidagi to‘polonlar fonida Isoqov ozodlikka chiqdi va yashirinishga muvaffaq bo‘ldi. Ayni damda unga nisbatan qidiruv e’lon qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHda erkak xotinini pichoqlab, uni tiriklayin ko‘mdi, ayol esa tirik...
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi