Foto: «W-n.com.ua»
Italiyaning Florensiya prokuraturasi TikTokdagi sahifasi orqali o‘z joniga qasd qilishga undaydigan ma’lumotlarni tarqatayotgan blogerni topdi. Bu haqda RIA Novosti pochta politsiyasi vakiliga tayanib xabar berdi.
Xavfli videolarni joylagan bloger Sitsiliyaning Sirakuza viloyatida yashovchi 48 yoshli ayol bo‘lib chiqdi. Prokuratura uning ijtimoiy tarmoqlarga kirishini bloklashga qaror qilgan.
Bloger joylagan videoda erkak bilan ayol kim ko‘proq nafas olmasdan turishga bahslashadi. Politsiya ushbu videoni xavfli deb topib, italiyalik ayolni o‘z joniga qasd qilishga undashda aybladi. Tergov jarayonida ayol xavfli musobaqalardan iborat boshqa videolarni ham joylashtirgani aniqlandi. Uning sahifasiga 730 mingdan ortiq kishi obuna bo‘lgan.
Avvalroq, Italiyada 10 yoshli qizcha TikTokning blekaut deb nomlangan chellenjida qatnashib, vafot etgani haqida xabarlar tarqalgandi. Shu munosabat bilan hukumat ijtimoiy tarmoqdagi yoshini hujjat asosida aniqlab bo‘lmaydigan barcha foydalanuvchilarning akkauntlarini bloklab qo‘ydi.
TikTokdagilar esa qizni ushbu chellenjda ishtirok etishga undaydigan hech qanday ma’lumot topilmaganini ta’kidlamoqda. Shunday bo‘lsa-da, ijtimoiy tarmoq o‘z joniga qasd qilishga undovchi ma’lumotlarni tekshirishda hukumatga yordam berishga tayyorligini bildirdi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Jizzaxda uchta yuk mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
Surxondaryo viloyatida ayiq IIB xodimiga jarohat yetkazdi
Kolumbiya prezidenti Netanyaxuni hibsga olishga chaqirdi
O‘zbekistonlik 17 yoshli qiz dunyoning yetakchi universiteti olimlari bilan tadqiqot olib bormoqda
D vitamini dozasini oshirib yuborishning xavfli oqibatlari
“Roma” Shomurodov uchun yana 8 million yevro xarajat qiladi!
Erdo‘g‘on davlat to‘ntarishi ehtimoli sababli tunda favqulodda yig‘ilish o‘tkazdi
Ukraina prezidenti mahbuslarni safarbar qilish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi