Foto: Sinxua
Xitoyning Tyanszin shahrida 29 yanvar kuni partiyaning sobiq kotibi va China Huarong Asset Management Co. Ltd aksionerlik kengashining sobiq raisi Lay Syaominga qarshi o‘lim jazosi ijro etildi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligiga tayanib «Korrespondent.net».
Ta’kidlanishicha, Lay Syaomin yanvar oyi boshida korrupsiya, poraxo‘rlik va qo‘shxotinlikda ayblanib, o‘limga mahkum etilgan.
«Oliy xalq sudining ma’lumotlariga ko‘ra, 29 yanvar kuni ertalab Tyanszin shahrining ikkinchi darajali xalq sudi Lay Syaominga nisbatan o‘lim jazosini ijro etdi», – deyiladi xabarda.
Ma’lum qilinishicha, 2018 yil kuzida Lay Syaomin intizom va qonunlarini jiddiy buzgani uchun partiyadan chiqarilgan. Intizomni tekshirish bo‘yicha Markaziy komissiya tomonidan o‘tkazilgan tergov natijalariga ko‘ra, Lay Syaomin siyosiy intizomni jiddiy ravishda buzgan.
Prokuratura ma’lumotlariga ko‘ra, u turli siyosiy avantyuralarda qatnashgan, shaxslarning amal zinapoyasida o‘sishiga yordam bergan va tekshiruvlarga to‘sqinlik qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi